"Chelsi" Mudrik uchun 100 mln to'laydi. Vinger Londonga yetib borgan

Mirjalol Normatov
15 yanv 2023
"Chelsi" futbolchi Mixail Mudrikning "Shaxtyor"dan sotib olinishini tasdiqladi.

Tungi bayonotga ko'ra, "Chelsi" futbolchi bilan muzokaralarda Ukraina klubi bilan kelishuvga erishishga yaqinligini ma'lum qilgan. 

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, tomonlar barchasini kelishib olgan. Londonliklar transfer uchun Ukraina klubi istaganidek 100 mln evro to'laydi. 

Vinger Londonga yetib borgan. U bugun "Stemford Brij"da tibbiy ko'rikdan o'teaziladi. 

Uning klubdagi yillik maoshi 7,5 mln evroni tashkil qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano