"Chelsi" Morata uchun "Real"ga 80 mln. evro taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2017
"Real" hujumchisi Alvaro Morata avvalgidek "Chelsi"ga qiziq.

Londonliklar 24 yoshli futbolchi uchun Madrid klubiga 80 mln. evro taklif qilishga tayyor. "Real" esa o'z hujumchisini kamida 90 mln. evroga sotmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, transfer yaqin kunlarda rasmiylashtirilishi mumkin. Eslatib o'tamiz, "Chelsi" sentyabr oyida Alvaro Morata uchun "Real"ga 70 mln. evro taklif qilgan edi.

Oldinroq, Morata MYUga o'tishga yaqin turgandi, biroq mankunianlar Romelu Lukakuni xarid qilishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS