"Chelsi" Londonning boshqa klubida o'ynayotgan futbolchisini ortga qaytardi

Alisher
16 yanv 2025, 00:52
Trevo Chaloba "Kristal Pelas"dan "Chelsi"ga qaytdi.

London klubi 25 yoshli himoyachini ijaradan chaqirib olish bo'yicha qaror qabul qildi.

Shunday qilib, "Chelsi" ijara bitimida ko'zda tutilgan mavsum o'rtasida Trevo Chalobani ortga qaytarish borasidagi bitimni faollashtirdi.

Futbolchi joriy mavsum "Kristal Pelas" safida 12ta o'yinda 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic