"Real", "Liverpul" va "Bavariya" sobiq o'yinchisi Gvardiolaga yordamchi bo'lishi mumkin

Alisher
27 apr 2020, 15:30
Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Xabi Alonso "Manchester Siti"da Xosep Gvardiolaga yordamchi bo'lishi mumkin.

38 yoshli Alonso o'tgan yilning iyunidan beri "Real Sosedad"ning ikkinchi jamoasida ishlamoqda. Bungacha esa "Real"ning yoshlar jamoasini boshqargan.

Baskka "Siti" akademiyasi murabbiyi Rodolfo Borello va Gvardiolaning sobiq yordamchisi Domenek Torrenlar raqobat qilmoqda. Ammo, favorit aynan Alonsodir, sababi u bilan hamkorlikni muhokama qilish uchun aloqaga ham chiqilgan.

Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso "Real Sosedad" tarbiyalanuvchisidir. Sobiq futbolchi bundan tashqari "Eybar", "Liverpul", "Real" va "Bavariya" klublarida ham o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: Goal