"Chelsi" Kolo Muani borasida PSJ bilan muzokaralarni boshladi

Sherzod Nurmatov
23 iyun 2025
Londonning "Chelsi" klubi PSJ bilan 26 yoshli fransiyalik hujumchi Randal Kolo Muanini sotib olish bo'yicha muzokaralarga kirishdi, deb xabar berdi "L'Equipe".

Futbolchi hozir ijara asosida "Yuventus"da o'ynamoqda, ular sotib olish imkoniyati bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirmoqchi, biroq parijliklar futbolchisini to'liq sotmoqchi.

Turli manbalarga ko'ra, "Chelsi" jamoa hujumchisi Nikolas Jeksonga o'rinbosar yoki muqobil futbolchi qidirmoqda.

Randal Kolo Muani 2024/25 yilgi mavsum "Yuventus" safida 35 o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli Kolo Muanining PSJ bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe