"Chelsi" Kantening o'rniga futbolchi qidirmoqda

Mirjalol Normatov
4 dek 2022
"Chelsi" futbolchisi Ngolo Kante London klubini tark etishi kutilmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning fikricha, "Chelsi" ayni damda uning o'rniga yoshroq yarim himoyachi qidirmoqda.

31 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi. Tomonlar shartnomani uzaytirish bobida muzokaralar olib borgani yo'q.

O'z navbatida futbolchining o'zi ham jamoadan ketgisi kelmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano