

Bu haqda jurnalist va insayder Aleks Kruk talkSPORT jurnalisti Ben Djeykobsga tayanib xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Alonsoning o'zi APLda ishlashga ochiq. Klub yangi murabbiyni jahon chempionati boshlanishiga qadar tayinlashga umid qilmoqda. London klubi ko'rib chiqayotgan mutaxassislar ro'yxatida Andoni Iraola ("Bornmut"), Oliver Glasner ("Kristal Pelas"), Filipe Luis (sobiq "Flamengo" murabbiyi) va Marku Silva ("Fulxem") ham bor.
APLning 36-turidan keyin london klubi 49 ochko bilan turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda. Liam Rosenor iste'foga chiqarilgandan keyin bosh murabbiy vazifasini Kalum Makfarleyn bajarmoqda.



