"Chelsi" braziliyalik murabbiyni taklif qilishi mumkin

10 may 2026, 14:56
Londonning "Chelsi" klubi 40 yoshli braziliyalik Filipe Luis nomzodini jamoa bosh murabbiyi lavozimiga ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda futbol insayderi Fabricio Romano xabar bermoqda.

Mutaxassis avvalroq 2024 yildan 2026 yilgacha "Flamengo" klubini boshqargan. Luis boshchiligida jamoa Libertadores kubogini qo'lga kiritdi.

"Chelsi" bu mavsumda allaqachon ikkita murabbiyni - Enco Mareska va Liam Rosenorni iste'foga chiqardi. Hozirda Kalum Makfarleyn murabbiylik vazifasini bajarmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano