

38 yoshli ispaniyalik mutaxassis klubning ikkinchi jamoasi hisoblangan “Barsa Atletik”da Juliano Bellettining murabbiylar shtabiga qo'shildi. U bir vaqtning o'zida UEFAning rasmiy murabbiylik licenziyasini olish uchun o'qishni davom ettirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Buskets 2005 yildan 2023 yilgacha “ko'k-anorranglilar” tizimida bo'lgan. U klubning asosiy jamoasi safida jami 722 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol va 46 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan holda jahon futbolining haqiqiy afsonasiga aylangan hamda ko'plab nufuzli sovrinlarni qo'lga kiritgan edi.



