“Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuviga Bahrom Nazarov va Nilufar Usmonova tashrif buyuradi

Narzulla Saydullayev
6 mar 2018
Superliga 2-turining markaziy uchrashuvi so'zsiz “Bunyodkor” – “Paxtakor” qarama-qarshiligi bo'ladi.

Birinchi tur shuni ko'rsatib berdiki, xoh u vodiy bo'lsin, xoh u voha yoki Toshkent, muxlislar stadionlarga qaytmoqda.

“Bunyodkor” futbol klubi 10 mart oqshomidagi Toshkent derbisida muxlislar tashrifini yanada oshirish maqsadida “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvi oldidan va tanaffus vaqtida estradamiz yulduzlari ishtirokida koncert dasturi tashkil etmoqda.

Shu kuni muxlislar “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi shiddatli futbol bilan bir qatorda o'zbek shou-biznesi yulduzlari – Nilufar Usmonova va Bahrom Nazarov ijrosidagi qo'shiqlardan ham bahramand bo'ladilar.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com