

Bungacha “Bunyodkor” faqatgina bir marotaba mehmondagi bir o'yinda uchta to'p kiritgan edi. Esingizda bo'lsa, 2009 yilgi musobaqaning guruh bosqichi doirasida “qaldirg'ochlar” Erondagi mashhur “Ozodi” stadionida “Persepolis” klubini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib qaytishgandi.
Demak, Saudiya Arabistonida “Al-Nasr” darvozasiga urilgan uchta gol “Bunyodkor” FK tarixida mehmonda bir o'yinda urilgan eng yaxshi ko'rsatkichni takrorladi.
“Bunyodkor”ning Osiyo Chempionlar ligasidagi umumiy ko'rsatkichi quyidagicha: 69ta o'yin, 26ta g'alaba, 19ta durang, 24ta mag'lubiyat. To'plar farqi - 85:84.


