"Bunyodkor" Kachorrining o'rniga Chernogoriya U-21 terma jamoasi a'zosi bilan shartnoma imzolaydi

Khoja
27 iyul 2025
"Bunyodkor" chernogoriyalik hujumchi Matiya Krivokapich bilan shartnoma imzolaydi.

Insayder Abdulaziz Iskandarovning xabar berishicha, futbolchi tunda Toshkent shahriga yetib kelgan.

22 yoshli futbolchi Chernogoriya U-21 terma jamoasi a'zosi hisoblanadi. Futbolchi faoliyati davomida jami 83 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 22 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.

Transfermarkt nashri futbolchini 150 ming evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia