"Bunyodkor" ikki himoyachini tarkibiga qo'shib olayotganini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2022
Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni Belarus poytaxti Minsk shahrida davom ettirayotgan "Bunyodkor" mashg'ulotlariga ertaga ikki nafar futbolchi kelib qo'shiladi.

Bugun tajribali, muxlislarga yaxshi tanish tayanch yarim himoyachi Akbar Ismatullaev va bo'ydor himoyachi Jasur Yoqubov bilan kelishuvga erishildi. Har ikkala futbolchi ham ertaga Minsk shahriga yetib boradi va mashg'ulotlarga qo'shiladi. 

Davolanishlar sababli ma'lum muddat maydonga tusha olmagan bo'lsamda, hozir hammasi joyida, jarohatimdan to'liq qutilganman. Ayni vaqtda jismoniy holatim a'lo darajada. Buni mavsumning ikkinchi qismida amalda isbotlayman. Jamoaning g'alabalariga va muvaffaqiyatiga o'zimning hissamni qo'shib, mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlash uchun bor kuchim bilan harakat qilaman, - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Akbar Ismatullaev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати