"Bunyodkor" futbolchilari normativ topshirishdi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2019
Kecha "Bunyodkor" akademiyasi maydonida "Bunyodkor" klubi futbolchilari jismoniy tayyorgarlik holati bo'yicha normativ topshirishdi.

O'zbekiston Futbol Associaciyasi mutaxassislari tomonidan 4 yo'nalishda (30 metrga yugurish, joyidan uzunlikka sakrash, 7x50m va "Yo Yo" test) normativ shartlarini bajarish ko'zda tutilgan. Shuningdek, darvozabonlar to'pni qo'l hamda oyoq bilan uzoq masofaga etkazish bo'yicha sinovdan o'tkazildi.

Olib borilgan ikki yarim oylik mashg'ulotlar samarasi o'laroq barcha futbolchilar bu normativ shartlarini bajarishdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати