“Bunyodkor” BAAda Otabek Shukurov o'ynayotgan klubga qarshi maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2018
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAA yig'ini doirasidagi uchinchi nazorat uchrashuvini mahalliy jamoaga qarshi o'tkazadi.

“Bunyodkor”ning sparring raqibi – Otabek Shukurov to'p tepayotgan “Al-Sharja” klubi bo'ladi.

“Bunyodkor” – “Al-Sharja” uchrashuvi 16 fevral kuni Sharja shahridagi “Xolid bin Muhammad” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 18:20da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “qaldirg'ochlar” bungacha Xitoyning ikki klubi – “Chuncin Lifan” (0:0) va “Shandun Lunen” (4:0) jamoalari bilan kuch sinashib, bir durang va bir g'alaba qayd etishgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com