

Xususan, Qarshida kechgan "Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuvidan oldin ustunlik maydon egalari tomonida edi. "Qaldirg'ochlar" 2018 yildan buyon mehmonda "ajdarlar"ni mag'lub eta olmayotgandi. So'nggi g'alaba Mirjalol Qosimovga tegishli bo'lib turgandi, deya olamiz.
2019. "Nasaf" - "Bunyodkor" 3:1
2020. "Nasaf" - "Bunyodkor" 2:2
2021. "Nasaf" - "Bunyodkor" 5:0
2022. "Nasaf" - "Bunyodkor" 1:1
2023. "Nasaf" - "Bunyodkor" 0:1
Shuningdek, poytaxt klubi 2 yildan so'ng yana "Nasaf"ni taslim qildi. Jamoa "Nasaf" bilan o'yinlardagi so'nggi g'alabasini 2021 yil o'z maydonida Shuhrat Maqsudov murabbiyligida nishonlagan (2:0)
Ma'lumot uchun, "Bunyodkor" Superligada keyingi turda 29 sentyabr kuni o'z maydonida "Surxon"ni qabul qiladi.


