Buni ko'rish kerak! Maydonda opossum paydo bo'ldi, ammo TV xodimlari vaziyatdan chiqib ketishdi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2019
"Verakruz" hamda "Puebla" o'rtasidagi Meksika chempionati o'yinida opossum uchrashuv to'xtalishiga sabab bo'ldi.

Bahs to'xtatilganiga qaramasdan televideniya xodimlari shoshib qolishmadi va opossumni suratga olishda davom etishdi. Bir necha daqiqadan so'ng TV vakillari ushbu jonzotning maydondagi statistikasini taqdim etishdi. Qoyil qolmasdan iloj yo'q!

TAS-IX emas


Ushbu video e'lon qilinganidan bir necha soat o'tib "Bavariya" ushbu opossumga hazilomuz xabar yo'lladi va quyidagi suratni "Tvitter"ga joyladi.

"Opossum "Verakruz" hamda "Puebla" jamoalari o'rtasidagi bahsda jarohat olganiga qaramay, ovchimiz unga qiziqib qolganini tasdiqlaymiz. Opossum tezroq jarohatidan qutilishini tilab qolamiz".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: matchtv.ru