Bundesliga klublarida 10dan oshiq futbolchilar koronavirusga chalindi

Mirjalol Normatov
4 may 2020, 20:34
Germaniya futbol ligasi matbuot xizmati birinchi va ikkinchi Bundesliga klublari futbolchilari tekshiruvi natijalarini ma'lum qildi.

36 klubning 1724 nafar futbolchisi COVID-19 testlaridan o'tdi. Shularning 10 nafarida virus aniqlandi.

Qayd etilishicha, sog'liqni saqlash organlari tomonidan ular karantinga olindi va barcha choralar ko'rildi.

Yaqin vaqtlarda koronavirus testi ikkinchi to'lqini boshlanishi kutilmoqda. Yaqin kunlar ichida GFL bu borada rasmiy bayonot bilan chiqadi.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, Bundesliga 15 may kunida start olishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild