Bugun Ubaydullaev va Abdixoliqov "Energetik-BGU" safida debyut qilishi mumkin

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2021, 11:09
Bugun Belarus chempionatida 16-tur o'yinlari davom ettiriladi.

"Energetik-BGU" klubi bugun safarda "Smorgon" mehmoni bo'ladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:45da boshlanadi. Mehmonlar safida o'zbekistonlik hujumchilar Bobir Abdixoliqov va Shahzod Ubaydullaev debyut qilishlari kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, "Energetik-BGU" 15ta o'yindan 19 ochko to'plagan holda 9-o'rinda bormoqda. "Smorgon" esa 15ta uchrashuvda 7 ochko to'plab 16ta klub orasida 15-o'rinni egallab turibdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia