Bugun O'zbekiston U-20 Urugvay U-20 bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
13 may 2023
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Mundialga so'nggi tayyorgarlik doirasida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi urugvaylik tengqurlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi soat 02:00da boshlanadi.


Ma'lumot uchun, 20 may kuni Argentinada boshlanadigan mundialda quyidagi futbolchilar ishtirok etadi: 

Darvozabonlar - Otabek Boymurodov ("Paxtakor"), Asrorbek Kenjaev ("Neftchi"), Eden Nemanov ("Chig'atoy")

Himoyachilar - Mahmudjon Mahamadjonov ("Bunyodkor"), Zafarmurod Abdirahmatov ("Nasaf"), Jahongir O'rozov ("Bunyodkor"), Abubakir Ashurov ("Paxtakor"), Izzatillo Po'latov ("Metallurg"), Saidafzalxon Axrorov ("Turon"), Diyorbek Ortiqboev ("Paxtakor"), Abduqodir Husanov ("ENergetik-BGU")

Yarim himoyachilar - Sherzod Esanov ("Andijon"), Abbosbek Fayzullaev ("Paxtakor"), Shahzod Rahmatullaev ("Paxtakor"), Nodir Abdurazzoqov (AGMK), Shahzod Akramov ("Nasaf"), Umarali Rahmonaliev ("Rubin"), Behruz Asqarov ("Paxtakor")

Hujumchilar - Po'latxo'ja Xoldorxonov ("Paxtakor"), Rustam Turdimurodov ("Paxtakor"), Shahzod Nematjonov ("Metallurg") 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia