Bugun Noil Lutfulin “Futbol sharhi” mehmoni bo'ladi

6 okt 2014, 16:09
Xabaringiz bor, haftaning har dushanba kuni “Sport” telekanalida “Futbol sharhi” ko'rsatuvi efirga uzatiladi.
Bizga ma'lum bo'lishicha, bugungi ko'rsatuv mehmoni O'FF Hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi rahbari Noil Lutfulin bo'ladi. Noil Rishatovich ko'rsatuv davomida oliy ligamizdagi hakamlik borasida o'z fikrlarini bildirgan, shuningdek ko'pchilikning bahs-munozarasiga sabab bo'lgan “Navbahor” - “Paxtakor” uchrashuvi haqida ham o'z munosabatini aytib o'tgan.

Manba: championat.asia