Bugun 27 yillik xalqaro xotira turniri start oldi

Narzulla Saydullayev
11 apr 2016
Bugun marhum "paxtakorchilar" Vladimir Fyodorov, Mixail An va Olim Ashirov xotirasiga bag'ishlangan "Hamyurtlar Kubogi" start oldi.
Toshkent viloyati Futbol federatsiyasi mas'ullari boshchiligida o'tkazib kelinadigan mazkur turnir xalqaro maqomda bo'lib, 27 yildan buyon muntazam ravishda o'z g'oliblarini aniqlab keladi. Musobaqada har yili Respublikamiz va qo'shni yurtlardan tashrif buyuradigan 40dan oshiq bolalar jamoasi qatnashadi. Xususan, bu yil ham 50ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi. Ishtirokchilarning biri Qozog'istondan tashrif buyurgan bolalar jamoasidir.

Jamoalar Toshkent viloyatining olti hududida guruh bosqich o'yinlarini o'tkazadi. Guruh g'oliblari aniqlangach, final o'yinlari Qibrayda bo'lib o'tadi. Final bahsi 16 aprelga belgilangan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia