Buffon sobiq klubini A Seriyaga qaytgani bilan qutladi

Aslanov Jasurbek
19 may 2018
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon "tvitteri" orqali "Parma"ni A Seriyaga qaytgani bilan tabrikladi.

40 yoshli italiyalik 1995-2001 yillarda sariq-ko'klar sharafini himoya qilgan va 168ta o'yin o'tkazgan.

"Buyuk "Parma" - deydi Buffon.

"Parma" B Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab, A Seriyaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

2015 yilda "Parma" bankrot deb e'lon qilinib, A Seriyadan Italiyaning to'rtinchi darajali ligasida tushirib yuborilgan edi. Ular uch yilda oliy ligaga qaytishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com