

Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, klublar o'rtasida kelishuvga erishib bo'lingan. Uchrashuv 19 avgust kuni "Spotifay Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.
Joan Gamper kubogi - har yili "Barselona" tomonidan tashkil etiladigan ananaviy o'rtoqlik turniridir. U ilk bor 1966 yilda kataloniyaliklar prezidenti Enrike Lode tashabbusi bilan o'tkazilgan. Musobaqa "Barselona"ning afsonaviy asoschisi nomi bilan ataladi.
Turnirning so'nggi bahsi 2025 yil 10 avgustda bo'lib o'tgan va unda "ko'k-anorranglilar" "Komo" jamoasini 5:0 hisobida mag'lub etishgandi. Kataloniya klubi uchun ushbu kubok musobaqa tarixidagi 47-si bo'ldi.



