

Ushbu haftada Non-ligalar, yani, beshinchi va undan pastki ligalarda ko'plab bahslar boshqa kunga qoldirildi. Benzin yo'qligi sababli futbolchilar o'yinga yetib kela olmasligini ma'lum qilgan.
28 sentyabr kungi ma'lumotga ko'ra, ligalarning 35ga yaqin bahslari boshqa kunga ko'chirilgan. Janubiy va sharqiy ligalarning (ettinchi va sakkizinchi) barcha o'yinlari to'xtatilgan.
Ayni damda Angliyada faqatgina APL va Chempionship bahslari o'z vaqtida o'tkazilmoqda. Qolgan ligalarda esa hayot to'xtab qolgan.



