Bu dahshat! Qirzig'iston Mo'g'ulistonga qarshi darvozabonsiz o'ynaydi...

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2021
Bugun JCH-2022 saralashi doirasidagi Qirg'iziston - Mo'g'uliston uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bu guruhdagi o'yinlar Yaponiyada o'tkazilmoqda. Uchrashuv boshlanishiga 2 soat qolganida Qirg'iziston terma jamoasining barcha murabbiylari, mamuriyat, futbolchi Bekjan Saginbaev, darvozabonlar Erjan Tokataev, Kadirbekov Qutman va Kashuba Valeriy koronavirus infekciyasi bilan kasallangan deb shubha qilingani bois jamoadan alohida qilindi.

Texnik mag'lubiyatdan qutulib qolish uchun Qirg'iziston terma jamoasi bugungi o'yinni darvozabonsiz o'tkazadi. Darvozani himoyachi Ayzar Akmatov qo'riqlaydigan bo'ldi.
 


 





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia