Breaking! "Manchester Yunayted" rahbariyati Ole-Gunnar Sulsherni iste'foga chiqardi. Tez orada bu rasman e'lon qilinadi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2021, 07:17
Murabbiyning MYUdagi sarguzashtlari o'z yakuniga etgan ko'rinadi.

"Manchester Yunayted" rahbariyati  Ole-Gunnar Sulsherni iste'foga chiqarishga qaror qildi. Bu haqida taniqli va ishonchli insayder Fabricio Romano xabar berdi. Besh soatdan ortiq davom etgan muzokaralardan so'ng klub bunga qaror qilgan. Qaror Joel Gleyzer tomonidan tasdiqlanganidan so'ng, klub bu haqida rasman e'lon qiladi.

Hozirda murabbiy va klub o'rtasida kompensaciya va yozma kelishuv borasida ishlar olib borilmoqda. Kelishuv ikki tomonning xohishi asosida bo'layotgani qo'shimcha qilingan. Hayrlashuv bayonoti "samimiy va hurmatni saqlagan holda" bo'ladi.

 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://twitter.com/FabrizioRomano