"Bornmut" futbolchisi bezgakka chalindi

Mirjalol Normatov
29 dek 2023
"Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola yarim himoyachi Xamed Traore bezgak kasali bilan shifoxonaga yotqizilganligini tasdiqladi.

"So'nggi haftalar u uchun nafaqat shaxsiy, balki, sport nuqtayi nazaridan ham qiyin o'tdi. Bir qancha vaqt o'tib, u safga qaytadi", - dedi murabbiy Fabricio Romanoga.

Ushbu mavsumda 23 yoshli Traore APLda 6 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.

Oldinroq futbolchining xizmatlariga A Seriya grandlari tomonidan qiziqishlar bo'layotganligi aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano