Kerrik "Bornmut"ga qarshi o'yindagi hakamlikni tanqid qildi

Khoja
21 mar 2026
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik APLning 31-turida "Bornmut"ga qarshi o'yin (2:2)dagi hakamlik haqida fikr bildirdi.

"Biz 2:0 hisobida oldinga chiqishimiz mumkin bo'lgan ajoyib vaziyat bor edi va bizga bitta penalti berishdi, lekin ikkinchisini berishmadi. Holat butunlay bir xil - har ikki vaziyatda himoyachi raqibni qo'l bilan ushlab turibdi. Hakam bitta vaziyatda xato qildi, qaysi birida ekanini bilmayman, lekin ikkinchi penaltini qo'ymadi. Men ikkala holat ham penaltiga tortilishiga ishonaman va bu o'yinning hal qiluvchi lahzasi edi. Shundan keyin o'yin xaosga aylandi. Bu juda katta lahza edi va men qanday qilib bitta penalti qo'yib, ikkinchisini qo'ymaslik mumkinligini tushunmayman - bu aql bovar qilmas holat.  

Agar bittasini qo'ygan bo'lsa, ikkinchisini ham qo'yishi kerak edi. Agar birinchisini qoida buzish deb hisoblasa, ikkinchisi ham shunday bo'lishi kerak. Men bu penaltini nega berishmaganligini tushunmayman. Keyin o'tkazib yuborilgan gol va hamma narsa xaosga aylandi", - dedi murabbiy.

31 turdan so'ng "Manchester Yunayted" 55 ochko to'plab, 3-o'rinni egallab turibdi. 


KhojaMuallif
Manba: skysport