Bobir Abdixoliqov: "Barcha raqiblarni hurmat qilamiz, ammo hech biridan qo'rqmaymiz"

Sherzod Nurmatov
10 iyun 2023, 10:45
Kecha O'zbekiston terma jamoasi "Jar" stadionida "CAFA Nations Cup" musobaqasi oldidan navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi.

Mashg'ulotlar oldidan milliy terma jamoa hujumchisi Bobir Abdixoliqov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.



- Qozog'iston chempionatida dastlabki mavsumingizni o'tkazyapsiz. Shu haqda nima deya olasiz?

- Qozog'istonda birinchi davra yakunlanishiga 1 ta o'yin qoldi. Xudoga shukrki, moslashib ketdim. Hozir 2-o'rinda boryapmiz, maqsadimiz jiddiy, chempionlikni niyat qilganmiz. 

- O'zbekiston terma jamoasi yig'inidan ilk taassurotlar qanday? Termada yangi nomlar ham bor...

- Hammada kayfiyat yaxshi. Terma jamoada ichki muhit a'lo darajada. 

- "CAFA Nations Cup"dagi raqiblar xususida qanday fikrdasiz?

- Barcha raqiblarni hurmat qilamiz, ammo hech biridan qo'rqmaymiz. Hozir hamma futbol o'ynashni biladi.



- O'mon termasining qolgan arab jamoalaridan farqi nimada deb o'ylaysiz?

- O'rganib chiqib, bir xulosaga kelamiz. O'yinda hammasi ko'rinadi, kamchiliklaridan unumli foydalanishga urinamiz. 

- Boshqa arab jamoalariga o'xshash jihatlari bormi?

- O'xshash tomonlari bo'lishi mumkin. Hozircha bir narsa deyolmayman, o'rganib chiqmadim. 



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia