Bilasizmi? "Inter" Koko tufayli Klarens Zeedorfdan voz kechib yuborgan

2002 yilning 5 may sanasi. "Inter" Rimda "Lacio" bilan kuch sinashmoqda.

Milanliklar g'alaba qozonsa, chempionlik masalasi hal edi. Biroq "Neradzurrilar" himoyachisi Bratislav Greshkoning qo'pol xatosi bahs taqdirini o'zgartirib yubordi (4:2) va "Inter" 3-pog'onaga tushib ketishini taminladi. Mazkur o'yindan keyin jamoa rahbariyati slovakiyalik himoyachidan zudlik bilan voz kechish kerakligini tushundi va uning o'rnini "Milan" a'zosi Franchesko Koko bilan to'ldirishga qaror qildi. Buning uchun "Inter" Zeedorfdan voz kechishga ham rozi bo'ldi. Ma'lumot uchun, Klarens bu paytda 26 yoshda edi. U allaqachon "Ayaks" va "Real" bilan Chempionlar Ligasini yutgan, "Inter" va Niderlandiya terma jamoasi yetakchisi edi. Zeedorf "Milan"da 10 yil to'p tepdi va afsonaga aylandi. Koko esa 5 yilni "Inter" zahirasida o'tkazdi (jarohatlar unga halal berdi) va 30 yoshida faoliyatini yakunladi.


Manba: championat.asia