Beshariq tumanida futbol faxriylari o'rtasida shou uchrashuvi tashkil etildi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2026, 16:36
Farg'ona viloyati Beshariq tumani Qashqar qishlog'ida Turg'unboy Turdiboev xotirasiga bag'ishlangan futbol shou uchrashuvi tashkil etildi.

Bir necha yillardan buyon yangi yil bayrami arafasida o'tkazib kelinayotgan "Qashqar CUP" futbol turnirining bu galgisida ushbu xududda yangi stadionning foydalanishga topshirilishi mahalliy aholi uchun katta tantanaga aylanib ketdi. Shu kuni Farg'ona futboli faxriylari va Beshariq tumani futbol faxriylari o'rtasida shou uchrashuvi tashkil etildi. Farg'ona futboli faxriylari jamoasida muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Nosir Otaqo'ziev, Aziz Alijonov, Doniyor Usmonov, Abdulloh Olimovlar, Shavkat Yusupov, Jasurbek Xamroqulov, Azizxon Isomiddinov, Temur Hamidovlar maydonga tushdilar.

"Qashqar Cup" xotira turniri.
Ramziy o'rtoqlik uchrashuvi.
Beshariq tumani futbol faxriylari - Farg'ona futboli faxriylari 2:4
Gollar: 
Aziz Alijonov (0:1), Nosir Otaqo'ziev (0:2), Martavali Turg'unov (1:2), Zohidjon Turdiev (2:2), Azizxon Isomiddinov (2:3), Abdulloh Olimov (2:4)

Takidlash joiz, turnir doirasidagi uchrashuvlar bir necha kunlardan beri davom etmoqda. Barcha o'yinlar taniqli jurnalist Mirzahakim To'xtamirzaev tomonidan sharhlab borilmoqda.


Bekzod Tolibov, Beshariq tumanidan Championat.asia uchun maxsus


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia