Berbatov MYUdan ketishi kerak bo'lgan futbolchilarni aytdi

Mirjalol Normatov
30 yanv 2022, 14:29
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Dimitar Berbatov "qizil iblislar"dan ketishi kerak bo'lgan futbolchilar haqida gapirli.

"Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istasa, Lingard jamoadan ketishi kerak. U "Vest Xem"da qolmaganida xayron qolgandim. U yerda o'zini yaxshi ko'rsatgandi.

O'ynashni istayotgan ekan, nega MYUda qoldi? O'z navbatida "Yunayted" ham uni o'ynatmasa, nega ushlab o'tiribdi?

Donni uchun istalgan boshqa jamoaga o'tish - oldinga katta qadam tashlash bilan teng. U "Yunayted"da o'ynamasligi aniq. U o'tiraveradi va o'ynamaydi", - dedi Berbatov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal