

Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, Belgiya federatsiyasi bayonotida rahbariyat FIFAning musobaqa reglamentiga "to'g'ridan-to'g'ri zid" bo'lgan qaroridan "shookka tushgani" aytilgan. Shuningdek, assotsiatsiya a'zolari "keyingi harakatlarning barcha mumkin bo'lgan variantlarini" ko'rib chiqishmoqda.
Qayd etilishicha, federatsiya FIFAdan diskvalifikaciyani bekor qilish to'g'risidagi qarorning to'liq asoslanishini va ushbu epizod bo'yicha hakamlar qo'mitasining hisobotini talab qilgan.
Eslatib o'tamiz, Balogun JCH-2026 1/16 finalidan o'rin olgan Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinda qizil kartochka olgan edi, biroq FIFA kutilmaganda majburiy diskvalifikaciyani bir yillik shartli jazoga o'zgartirdi. Buning sharofati bilan Amerika jamoasining joriy dunyo birinchiligidagi eng yaxshi to'purari 1/8 finalda Belgiyaga qarshi o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi. O'yin 7 iyul kuni bo'lib o'tadi.



