Bekxem "Atletiko" "Arsenal"ga qarshi o'yinda penaltiga loyiq edi deb hisoblaydi: "Kalafori fol ishlatdi!"

Aslanov Jasurbek
6 may 2026, 14:58
MYU sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem "Arsenal" va "Atletiko" o'rtasidagi o'yindagi bahsli vaziyatga baho berdi.

Madrid klubi Chempionlar Ligasi yarim finalining javob uchrashuvida safarda londonliklarga imkoniyatni boy berdi (0:1, ilk o'yin – 1:1). O'yinning 56-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Antuan Grizmann jarima maydonchasi ichidan zarba berdi – David Rayya to'pni qaytardi. Mark Pubil qaytgan to'pga yetib kelishga urindi va himoyachi Gabriel Magalyayns bilan to'qnashib ketdi. Shundan so'ng Grizmann to'pni qayta egallashga harakat qildi, biroq Rikkardo Kalafori uning oyog'ini bosib oldi. Uchrashuv bosh hakami Daniel Zibert bu vaziyatda Pubil tomonidan hujumda fol ishlatilgan deb topdi.

O'zining "Beckham & Friends" ko'rsatuvida Devid Gabrielga nisbatan fol bo'lmaganini, demak, "Atletiko" penalti tepishi kerakligini ta'kidladi.

"Oh, Xudoyim. Yo'q, bu fol emas. Bu fol emas.

Mana bu [Kalaforining harakati] – fol! Ha! Gabrielga nisbatan qoida buzilmagandi", – dedi Bekxem.

Ko'rsatuvga mehmon sifatida taklif etilgan aktyor Tom Xiddlston Grizmannga nisbatan ishlatilgan fol birinchi o'yinda Eberechi Ezega nisbatan ishlatilgan va qayd etilmagan fol bilan "bir xil harakat" ekanini aytdi.

Bunga javoban Bekxem shunday dedi: "Xo'sh, menimcha u yerda penalti yo'q edi. Unga tegdi deb o'ylamayman".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun