Bekkenbauer: “PSJning kuchsiz nuqtasini ko'rmayapman”

“Bavariya” klubining faxriy prezidenti Franc Bekkenbauer jamoasining YCHL finalida PSJ bilan bo'ladigan bahsi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

“PSJning o'yinlarini kuzatib borayapman. Jamoa judayam kuchli. Ularning nozik va kuchsiz nuqtasini topishga qiynalayapman, har qanday vaziyatda sizga “syurpriz” tayyorlay oladigan qudratga ega. Bu o'yin biz uchun ushbu mavsumda YCHLdagi eng qiyin o'yin bo'ladi. O'ylaymanki, har ikkala jamoa ortiqcha bosimsiz, shu paytgacha qanday o'yin ko'rsatishgan bo'lishsa, shunday futbol namoyish etishadi. O'shanda biz ajoyib finalga guvoh bo'lamiz”, deya Bekkenbauerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Bavariya” rasmiy sayti.

YCHL final bellashuvi 23 avgust, yakshanba kuni Lissabondagi “Da Lush” stadionida bo'lib o'tadi. 


Manba: "Бавария" расмий сайти