"Bavariya" yulduzi policiya bilan katta muammoga duch keldi

Sherzod Nurmatov
9 avg 2024, 16:21
Futbolchi noxush vaziyatga tushib qoldi.

Matteys de Ligt tez orada "Bavariya"ni tark etishi mumkin. Biroq ayni damda himoyachida katta muammolar bor. "Bild" xabariga ko'ra, futbolchi boshqa mashinani urib, voqea joyidan qochgan.

Himoyachi "Bavariya" mashg'ulot markazi yaqinida turgan mashinani urib yuborgan. Keyin esa voqea joyidan ketgan.

Guvoh hamma narsani ko'rgan va policiyani chaqirgan. U policiyaga de Ligtning Audi Q8  mashinasini ko'rganini aytgan.

Policiya hozircha butun ish yuzasidan izoh berishni istamayapti. "Bavariya" va De Ligt ham jim.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild