"Bavariya" uch futbolchiga umid bog'lamayapti: ularning klubda kelajagi yo'q

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2026, 13:20
“Bavariya” sport direktori Maks Eberl Myunxen klubi uch nafar futbolchiga - tayanch yarim himoyachisi Joau Palinya, vinger Brayan Saragosa hamda o'ng qanot himoyachisi Sasha Boega umid bog'lamayotganini ma'lum qildi.
2.jpg

“Biz bu uch futbolchi bilan xayrlashishga tayyor ekanimizni ochiq aytdik. Menimcha, ularning klubda kelajagi yo'q.

Agar ulardan kimdir qolishga qaror qilsa, unga juda qiyin bo'ladi, chunki jamoada muhim rol o'ynamaydi. Tarkibimiz o'zimiz xohlagandek shakllantirib bo'lindi va bu uch o'yinchi unda shunchaki hech qanday o'ringa ega emas”, – dedi Eberl.

Palinya, Boe va Saragosani sotib olish uchun “Bavariya” umumiy hisobda qariyb 100 million evro sarflagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: SPORT1