PSJ prezidenti: "Biz shunchaki futbolchilar emas, jangchilarga egamiz"

Sherzod Nurmatov
7 may 2026, 19:55
PSJ prezidenti Nosir Al Helayfi jamoaning Chempionlar Ligasi finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi.

6 may kuni parijliklar "Bavariya"ga qarshi 1:1 hisobida durang o'ynadi va umumiy hisobda keyingi bosqichga yo'l oldi (6:5).

"Bu ajoyib. Ikki final... Biz ikkinchi yulduzni qo'lga kiritmoqchimiz. Biz shunchaki futbolchilar emas, jangchilarga egamiz. Jamoamiz mustahkam.

"Bavariya" - ajoyib o'yinchilarga ega ulug' klub. Bu biz uchun ajoyib o'yin edi. O'tgan yili bu yerda tarix yaratgandik va buni davom ettirmoqchimiz. Bizning orzumiz - ikkinchi marta g'alaba qozonish.

Yulduz - bu jamoa. Hamma kurashishga tayyor. Aynan shu futbolchi, aynan shu PSJ. Bizda dunyodagi eng yaxshi murabbiy va eng yaxshi muxlislar bor. Bahsda faqat bizning muxlislarning ovozi yangradi. Ular eng zo'rlari", – dedi Al Helayfi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport