"Barselona"ning sobiq futbolchisi "Lokomotiv"da (Moskva) ish boshlaydi

Rus sharhlovchisi Nobel Arustamyan "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Xose Mariya Bakero "Lokomotiv" klubi boshqaruv tizimida ish boshlashi mumkinligi haqida ma'lum qildi.

"Yaqin kelajakda klubda yangi funkcioner paydo bo'ladi - Xose Mariya Bakero, "Barsa" afsonasi. U Moskvaga ko'chib o'tishga yaqin: hozir shartnoma shartlari muhokama qilinmoqda.

Tez orada ispaniyalik mutaxassis "Lokomotiv" akademiyasi tizimiga kirishi va klubning texnik direktoriga aylanishi kutilmoqda. Aytishlaricha, Erik Abidal Moskvaga safari chog'ida "Loko" rahbarlariga Bakeroni tavsiya qilgan", - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Xose Mariya Bakero 1988-97 yillarda "Barselona"da to'p tepgan.


Manba: sport24