"Barselona" Vela variantiga qaytdi

Alisher
1 fev 2021, 18:47
Meksikalik forvard La Ligaga qaytishi mumkin.

"Los-Anjeles" forvardi Karlos Vela "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Kataloniya klubi 31 yoshli meksikalik futbolchini yarim yilga ijaraga olmoqchi.

Xabarlarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" o'yinchini 25 million evroga xarid qilish variantini ko'rib chiqishmayapti.

Vela joriy mavsum MLS doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo