"Barselona" va "Chelsi" Rakuten Cup musobaqasida ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2019
2019 yilning iyul oyida "Barselona" Rakuten Cup turnirida qatnashadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, musobaqada kataloniyaliklardan tashqari "Chelsi" va Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi ishtirok etadi. Musobaqa homiysi - Rakuten. Bu kompaniya "Vissel Kobe" va "Barselona"ning rasmiy homiyi hisoblanadi.

23 iyul. "Barselona" - "Chelsi"

27 iyul. "Barselon" - "Vissel Kobe"

Eslatib o'tamiz, Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubida "Barselona" sobiq futbolchilari Andres Inesta, Serxi Samper hamda David Vilya to'p tepmoqda. Jamoada "Arsenal" sobiq vakili Lukas Podolski ham bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com