"Barselona" va APL klublari Kamerun terma jamoasi hujumchisini kuzatmoqda

Sherzod Nurmatov
26 dek 2025, 18:36
"Levante" hujumchisi Karl Etta Eyong faoliyatida yuqori bosqichga ko'tarilishi mumkin.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Barselona" hamda Angliya Premer-ligasi klublari bu forvardni diqqat bilan kuzatmoqda. Futbolchi shu oyda Afrika Millatlari Kubogida ishtirok etmoqda.

24 dekabr kuni u Afrika Millatlari Kubogida Kamerun terma jamoasi safida ilk golini urdi va 2026 yil uchun "Barselona" hamda APL klublari skautlari ro'yxatida qolmoqda.

22 yoshli hujumchi sentyabr oyida "Vilyarreal"dan "Levante"ga o'tgan. U La Ligada 15 o'yin o'tkazib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano