

Uchrashuvning 54-daqiqasida madridliklar himoyachisi Mark Pubil o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi. U darvozabon Xuan Musso tomonidan o'yinga kiritilgan to'pni qo'li bilan ushlab, yana bir bor o'yinga kiritib bergandi. Uchrashuv bosh hakami Ishtvan Kovach ushbu holatda reakciya ko'rsatmadi.
"Barselona" ushbu holat bo'yicha reglamentda ko'rsatilganidek, penalti belgilanishi kerak deb hisoblagan va bu o'yinning borishiga jiddiy ta’sir o'tkazgan deb ma'lum qilgan.
Klubning yozishicha, so'nggi yillarda YCHLda hakamlarning tushunarsiz qarorlari ko'paygan va bu jamoalarning zarariga ishlagan. Aynan hakamlar orqali ayrim jamoalar o'ziga teng bo'lgan raqiblar bilan ham raqobat qila olmagan.



