"Barselona" tuman tufayli "Betis" bilan o'yinga o'z vaqtida uchib ketolmadi

Alisher Ostonov
6 dek 2025
"Barselona"ning La Liga 15-turidan o'rin olgan "Betis"ga qarshi o'yin uchun Sevilyaga uchadigan reysi kuchli tuman tufayli bir soatga kechiktirildi.

Bu haqda jurnalist Alfredo Martines X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, agar aeroport yopiq qolsa, “ko'k-anorranglilar” Sevilya yaqinidagi shaharga qo'nadi va u erga avtotransportda yetib boradi. Takidlanishicha, shu sababli jamoa belgilangan vaqtdan kechroq yetib kelishi mumkin, bu esa "blaugrana" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uchun "jiddiy muammo" bo'lishi mumkin.

"Betis" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin "Olimpiko de Sevilya - La Kartuxa" stadionida bo'lib o'tadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/alf_mex