

"Ko'k-anorranglilar" London klubi N'Dombeleni qishda qo'yib yubormasligiga ishonadi. Shu tufayli fransiyalik futbolchi bilan kelasi yozda shartnoma imzolashga harakat qiladi.

Avvalroq 23 yoshli yarim himoyachi "Tottenxem" ustozi Joze Mourinyu bilan ziddiyatga borgani to'g'risidagi xabarlar yangragan, yakunda N'Dombele portugaliyalik mutaxassis bilan munosabatlari yaxshilanganini ma'lum qilgan edi.



