

Ispaniya chempionatining 7-turida Kataloniya jamoasi "Malorka"ni yutdi (1:0), Madrid klubi esa "Osasuna" bilan durang o'ynadi (1:1).
Shu tariqa, ayni damda jamoalar hisobida 19 ochkodan bor.

"Barselona" urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar o'rtasidagi farq bo'yicha turnir jadvalida birinchi o'rinda ketyapti. Xavi shogirdlari 7 ta o'yinda 19 ta gol urib, 1 ta gol o'tkazib yuborishgan. "Real Madrid" hisobida esa 18 ta urilgan gol va 7 ta o'tkazib yuborilgan to'p bor.
Keyingi turda "Real" safarda "Xetafe"ga qarshi bahs olib borsa, "Barselona" o'z uyida "Selta" bilan bellashadi.



