"Barselona" himoyachisi Martin: "Ayntraxt" Frankfurtga qarshi o'yinda ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q"

Sherzod Nurmatov
9 dek 2025
"Barselona" himoyachisi Jerar Martin "Ayntraxt" Frankfurtga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Biz yaxshi formadamiz va o'sishda davom etishni istaymiz. "Ayntraxt" Frankfurtga qarshi o'yinda ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Bunga boshqa har qanday o'yin kabi yaqinlashmoqdamiz: turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilish uchun g'alaba qozonishimiz kerak", – dedi Martin matbuot anjumanida.

"Barselona" bugun "Kamp Nou"da "Ayntraxt" Frankfurtni qabul qiladi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com