"Barselona" futbolchisi klub bilan shartnomani uzaytirishga rozi

Alisher Ostonov
1 noya 2025
"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya "Barselona" bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'ldi.

"Chelsi" va "Tottenxem" 24 yoshli ispanning huquqlari sotilmasligi bo'yicha ogohlantirilishdi. Angliya klublari futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Garsiya bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo'l ostida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda, bu uning "Barselona" bilan hamkorlikni davom ettirish qaroriga ham ta’sir qildi.

Himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 13 ta o'yinda 1 ta gol urishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt o'yinchini 25 million evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TBR Football