"Barselona" afsonasining o'g'li kataloniyaliklar asosiy jamoasida o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2026, 14:00
Sobiq futbolchi Patrik Klyuyvertning o'g'li, 18 yoshli Sheyn Klyuyvert yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida "Barselona"ning asosiy tarkibiga qo'shiladi, bu yig'in Angliyada o'tkaziladi.

Bu haqda "De Telegraaf" xabar bermoqda.

Kichik Klyuyvert "Barselona" akademiyasining eng istiqbolli tarbiyalanuvchilaridan biri sanaladi va endi u doimiy asosda asosiy jamoaga jalb etildi. Hujumchi joriy yilning aprel oyida klub bilan 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.

2.jpg

Forvard o'tgan mavsum "Barselona" yoshlar jamoasida 22 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi. Niderlandiya U-19 terma jamoasi futbolchisi 13 iyul kuni tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan, shundan so'ng u Kataloniya klubining boshlang'ich tarkibida o'zini ko'rsatish imkoniyatini oladi.

Futbolchining otasi Patrik Klyuyvert 1998-2004 yillar oralig'ida "Barselona" safida 257 o'yinda qatnashib, 122 ta gol urgan va 22 ta golga assistentlik qilgan. Jamoa bilan Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: De Telegraaf